Foydalanish shartlari
Ommaviy taklif
Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367 va 369-moddalariga muvofiq rasmiy ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda – Oferta) hisoblanadi hamda “TA’LIM PORTALI” MCHJ (keyingi o‘rinlarda – Operator) tomonidan taqdim etiladigan iApply.org platformasi (keyingi o‘rinlarda – Platforma) xizmatlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
Platformaga kirish yoki undan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu Oferta shartlariga to’liq va so’zsiz rozilik bildiradi.
1.1. Ushbu Ofertada quyidagi atamalar aniq ma’noda qo’llaniladi:
| Term | Definition |
|---|---|
| Platforma (iApply.org) | Operator tomonidan boshqariladigan, Foydalanuvchilarga xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayonida axborot va texnologik ko’mak ko’rsatuvchi veb-sayt va mobil ilova. |
| Operator | "TA’LIM PORTALI" MChJ – Platformaning egasi va xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxs. |
| Foydalanuvchi | Platformada ro’yxatdan o’tgan va undan foydalanuvchi jismoniy shaxs. |
| Ta’lim muassasasi | Foydalanuvchi hujjat topshiradigan xorijiy yoki mahalliy oliy ta’lim muassasasi. |
| Shaxsiy kabinet | Platformaning autentifikatsiyadan o’tgan Foydalanuvchiga taqdim etiladigan, uning shaxsiy ma’lumotlari, arizalari va to’lovlarini boshqarish imkonini beruvchi maxsus bo’lim. |
| Autentifikatsiya | Foydalanuvchining login va parol yoki boshqa vositalar orqali o’z shaxsini tasdiqlash jarayoni. |
| To’lov | Foydalanuvchi tomonidan Platforma xizmatlari uchun pul mablag’larini o’tkazish. |
| Shaxsiy ma’lumotlar | Foydalanuvchi tomonidan Platformaga taqdim etilgan ism, familiya, telefon raqami, elektron pochta, pasport ma’lumotlari va boshqa identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar. |
| Mentor | Platformada ro’yxatdan o’tgan va foydalanuvchilarga ta’limga oid maslahat hamda yo’l-yo’riq (mentorlik) xizmatlarini ko’rsatuvchi jismoniy shaxs. |
| Mentorlik xizmati | Mentor tomonidan Platforma orqali foydalanuvchilarga ko’rsatiladigan ta’limga oid maslahat, yo’l-yo’riq va kuzatuv xizmatlari. |
| Mentorlik paketi | Mentor tomonidan Shaxsiy kabineti orqali yaratilgan va Operator tomonidan tasdiqlangan, mentorlik xizmatining tavsifi, ko’lami, muddati va narxini o’z ichiga olgan xizmat paketi. |
| Komissiya | Operator tomonidan Platforma xizmatlari uchun mentorlik to’lovidan ushlab qolinadigan foiz miqdoridagi to’lov. |
3.1. Mazkur Ofertaning mavzusi – Operator tomonidan Foydalanuvchiga Platforma orqali quyidagi xizmatlarni taqdim etishdan iborat:
3.2. Xizmatlarning ayrim turlari (masalan, hujjatlarni ekspress yetkazish, konsultatsiyalar) pulli bo’lishi mumkin. Pulli xizmatlar ro’yxati va tariflari Platformada alohida e’lon qilinadi.
4.1. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Oferta shartlarini to’liq va so’zsiz qabul qilish quyidagi harakatlardan birini amalga oshirish orqali tasdiqlanadi:
4.2. Akksept amalga oshirilgan paytdan boshlab Foydalanuvchi Oferta shartlarini qabul qilgan va ularga rioya etish majburiyatini olgan hisoblanadi.
4.3. Ro’yxatdan o’tish uchun Foydalanuvchi o’zining amaldagi telefon raqami va elektron pochta manzilini taqdim etishi shart.
8.1. Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tish va xizmatlardan foydalanish jarayonida o’z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etadi.
8.2. Qayta ishlanadigan ma’lumotlar:
8.3. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadlari:
8.4. Profil ma’lumotlari foydalanuvchi hisobi faol bo’lgan muddat davomida, ariza va hujjatlar esa ariza topshirilgandan keyin 5 yil saqlanadi.
8.5. Ma’lumotlar SSL/TLS protokollari yordamida shifrlanadi va xavfsiz kanallar orqali uzatiladi.
10.1. Platforma quyidagi turdagi fayllardan foydalanadi:
10.2. Foydalanuvchi brauzer sozlamalarida fayllarni qabul qilishni rad etishi mumkin. Bu holda Platformaning ayrim funksiyalari cheklangan holda ishlashi mumkin.
Tashkilot nomi:
"TA’LIM PORTALI" MChJ
Platforma:
iApply.org
Yuridik manzil:
O’ZBEKISTON, TOSHKENT SHAHRI, CHILONZOR TUMANI, BESHYOGOCH KO’CHASI, 28-31
STIR:
310 435 458
Bank:
UzSanoatqurilish Bank Shahar Filiali
MFO:
00440
Hisob raqami:
2020 8000 1056 4197 6001
Elektron pochta:
info@iapply.org
Telefon:
+998 78 113 14 80